1

Jaloliddin Manguberdi va Rumiy qarindosh ekan

Moziydan sado 09.02.2018, 02:00
Jaloliddin Manguberdi va Rumiy qarindosh ekan

Jaloliddin Manguberdi 1199 yilda Xorazmda tavallud topgan bo`lib, 1169 — 1220 yillarda yashagan va 1200 — 1220 yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning o`g`li. Jaloliddin Manguberdi 1220 yilda otasi vafot etgach, 1221 yil fevralda Xorazmshohlar davlati taxtiga o`tirgan va o`n yil ushbu davlatni boshqargan so`nggi hukmdordir. U mo`g`ul istilochilariga qarshi kurashlarda mislsiz jasorat ko`rsatab, 1231 yilda qaroqchilar tomonidan 31 yoshida o`ldirilgan. Onasining ismi Oychechak, Otasi Alouddin Muxammad II 1172 — 1200 yillarda hukmdorlik qilgan Anushteginiylar sulolasiga mansub Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh(yoki Abul Muzaffar Takesh)ning o`g`li.

Jaloliddin Rumiy (Balxiy) 1207 yil 30 sentyabrda Afg`onistonning Balx shahrida tavallud topib, 1273 yilning 17 dekabrida Turkiyaning Ko`niya shahrida 66 yoshida vafot etgan. Uning otasi islom va tasavvuf ilmining taniqli siymolaridan biri, «Sulton ul-Ulamo» («Olimlarning Sultoni») unvoniga musharraf bo`lgan ulug` zot, Kubraviya tariqatining shayxi Muhammad Bahovudin Valaddir. Bahovuddin Valadning otasi o`z davrining tanilgan insonlaridan biri Husayn ibn Ahmad. Onasi Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takeshning qizi Malikai Jahon Amatulloh Sultondir.

Ma`lum bo`lganidek, Jaloliddin Manguberdining otasi — Xorazmshoh Alouddin Muhammad II, otasining otasi, ya`ni bobosi — Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh.

Jaloliddin Rumiyning otasi — Bahouddin Valad, otasining onasi, ya`ni buvisi — Malikai Jahon, uning otasi — Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh.

Xulosa qilib aytganda, Jaloliddin Rumiy Jaloliddin Manguberdining ammasining nevarasi, ya`ni jiyani hisoblanadi. Alouddin Muzaffar Takeshning katta qizi Malikai Jahondan Jaloliddin Rumiy, kichik o`g`li Alouddin Muhammad II dan esa Jaloliddin Manguberdi kelmoqda. Manguberdi Xorazmda tug`ilib, Kurdistonda vafot etgan. Rumiy Balxda tug`ilib, Ko`niyada vafot etgan. Har ikkalasining tug`ilgan va vafot etgan joylari o`z davrida Xorazmshohlar davlati tarkibida bo`lgan. Balx shahar sifatida, Ko`niya sultonlik sifatida Xorazmshohlar davlati tasarrufida edi. Qolaversa, ularning tug`ilgan va vafot etgan joylari masalaning mohiyatini o`zgartirmaydi.

Manguberdi va Rumiy qon-qarindosh ekan. Buning qanday ahamiyatga egaligini ikki buyuk siymo timsolida, bu ulug` Vatanning betakror o`tmishi kesimida qaralmog`ini istar edik.

Murodulla Mirzaev,

tarix fanlari nomzodi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1