1

It boqqan kishining kunlik savobi kamayadimi?

Savol-javob 09.02.2018, 10:00
It boqqan kishining kunlik savobi kamayadimi?

Ko`pchilik fuqarolarimiz tomonidan uyida it boqish odati uchrab turadi. Buning hukmi shariatimizda qandayligini esa ko`pchilik bilmasligi mumkin.

Abu Talha (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) “Farishtalar it va surat bor uyga kirmaslar”, dedilar” (Imom Buxoriy).

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Kimki it boqsa har kuni savob ishlariga beriladigan ajrlardan bir qiyrot (yoki ikki qiyrot) kamayadi. Qo`riqchi, podachi va ovchi itlar bundan mustasnodir” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Shu o`rinda “qiyrot” so`ziga izoh sifatida quyidagi hadisni keltirsak:

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Kim janozaga qatnashsa va namoz o`qiguncha tursa, unga bir qiyrot, agar mayyit dafn etilgunga qadar bo`lsa, ikki qiyrot savob yoziladi”. “Ikki qiyrot nima?” – deb so`raldi. Aytdilarki: “Ikki ulug` tog` mislichadir”. Imom Muslim rivoyatida “Uning kichigi Uhud tog`idek”, deyilgan.

Rivoyatlarda keltirilishicha, qiyomat alomatlaridan biri kishilarning it bolasini boqishni odat qilishlaridir. Hatto bu ishni ular o`z farzandini parvarishlagandan ham yuqori darajaga qo`yishadi (Tabaroniy, Hokim rivoyati).

Hadisdan ma`lum bo`ladiki, uy qo`riqlaydigan, podaga qaraydigan va ovchi itlardan boshqasini boqish mumkin emas. Demak, qiziqish uchun uyda it saqlash va boqish shariatda qaytarilgan.

“So`ragan edingiz” kitobidan

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1