Bugun "Uzbek Tigers" jamoasi Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning sakkizinchi mavsumida ilk jangini o`tkazdi, deya xabar berdi O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati.
Yangi mavsumda"America" guruhida o`z janglarini o`tkazadigan vakillarimiz uchun mavsum oson boshlangani yo`q.
Afsuski, o`tkazilgan beshta jangning barchasida sportchilarimiz imkoniyatni boy berib qo`ydilar. Yakunda kubalik bokschilar yirik - 5:0 hisobida g`alaba qozondilar.
To`qnashuvda hisoblar quyidagicha ko`rinish oldi:
-52kg: Yozbani Vieta - Xudoynazar Fayzov 3:0
-60kg: Lazario Alvares Estrada - Shunqor Abdurasulov 3:0
-69kg: Roniel Iglesias - Mahmud G`oipov 3:0
-81kg: Xulio la Kruz - Madiyor Saidrahimov 3:0
+91kg: Xose Larduet Gomes - Bahodir Jalolov 2:1
Endi ushbu jamoalar 27 fevral kuni Termiz shahrida soat 18:30da boshlanadigan javob to`qnashuvida o`zaro hisob-kitob qilib oladilar.