Kecha Angliya premer ligasining 37-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Chempionlik uchun kurash so`nggi turgacha davom etishi tahmin qilingani o`zini oqlamoqda. Ammo, chempionlik uchun kurash endi “Manchester Siti” hamda “Liverpul” klublari o`rtasida kechadigan ko`rinadi.
“Chelsi” kecha o`z maydonida “Norvich” darvozasiga yo`l topa olmadi va chempionlik uchun kurashdan deyarli chiqdi. Shanba kuni “Manchester Siti” mehmonda “Everton” ustidan qiyinchilik bilan g`alaba qozondi – 2:3. Endi 36 ta uchrashuvdan so`ng “Siti”da 80 ochko, bugun o`zining 37-uchrashuvini o`tkazadigan “Liverpul”da hozircha 80 ochko, “Chelsi”da esa 37 uchrashuvda 79 ochko.
Premer ligani tark etadigan 2 ta jamoa nomi ham ma`lum bo`ldi. Bular :”Fulxem” hamda “Kardiff Siti” klublari. Ular orasiga “Sanderland” yoki “Norvich” jamoalaridan biri qo`shiladi.
37-turning barcha natijalari bilan tanishing:
Arsenal – Vest Bromvich 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – Jiru (14).
Chelsi – Norvich 0:0 (0:0, 0:0)
Vest Xem – Tottenxem 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – Keyn (27, avtogol), 2:0 – Dauning (44).
Aston Villa – Xall 3:1 (3:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – Vestvud (1), 1:1 – Boueri (28, avtogol), 2:1 – Vaymann (41), 3:1 – Vaymann (45).
Manchester Yunayted – Sanderlend 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – Larsson (30).
Nyukasl – Kardiff 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – Sh. Ameobi (18), 2:0 – Remi (87), 3:0 – S. Teylor (90).
Stok Siti – Fulxem 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – Odemvingi (39), 2:0 – Arnautovich (54), 3:0 – Assaidi (73), 3:1 – Richardson (80), 4:1 – Uolters (82).
Suonsi – Sautgempton 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – Lambert (90).
Everton – Manchester Siti 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 1:0 – Barkli (11), 1:1 – Aguero (22), 1:2 – Djeko (43), 1:3 – Djeko (48), 2:3 – Lukaku (65).
Kristal Pelas – Liverpul
6 may, 00.00, «Selxerst Park»
Musobaqa jadvali
Manchester Siti 36-80
Liverpul 36-80
Chelsi 37-79
Arsenal 37-76
Everton 37-69