AsosiyJamiyat

Jizzaxda yuk poezdi avtomashina bilan to`qnashib ketdi

'Jizzaxda yuk poezdi avtomashina bilan to`qnashib ketdi'ning rasmi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 10 fevral soat 12.30da “Paxtakor” MFY Gulbahor ko`chasi 13/11-uyda yashagan, 1970 yilda tug`ilgan X.Zoirov boshqaruvidagi VAZ-2107 rusumli avtomashinasida “Yangier-Chimqo`rg`on” 4R-32 yo`lining 3164-piket qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasidan o`tishga uringan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, u bu jarayonda 3601-sonli yuk poezdi bilan to`qnashib ketgan. Natijada VAZ-2107 avtomashinasi haydovchisi X.Zoirov jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo`lgan yo`lovchi F.To`raev esa kasalxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar