Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahrida Zomin ko`chasida joylashgan “Kattaqo`rg`on paxta tozalash” AJda portlash sodir bo`ldi.
Portlash korxonaning paxta xom ashyosini quritishga mo`ljallangan issiqlik ishlab chiqarish sexiga o`rnatilgan pechning quvurlaridan tabiiy gaz sizib chiqishi oqibatida sodir bo`lgan. Natijada binoning devori, tom qismidagi temir panjarasi va beton plitalari qulab tushgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan tarqatilgan xabarga ko`ra, fojia oqibatida “Kattaqo`rg`on paxta tozalash” AJ ishchilari A. Xo`djaev va A. Arziqulovlar jarohat olib voqea joyida vafot etgan.