AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimi ham Bobur tavallud kuniga bag`ishlangan fleshmobda ruboiy o`qidi (video)

'Andijon viloyati hokimi ham Bobur tavallud kuniga bag`ishlangan fleshmobda ruboiy o`qidi (video)'ning rasmi

Andijon viloyatida buyuk qomusiy olim, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi keng nishonlandi.

Bog`ishamol dahasidagi Bog`i Bobur majmuasida chet ellardan tashrif buyurgan olimlar ishtirokida shoir ijodiga bag`ishlangan ilmiy konferensiya, Bobur nomli viloyat drama teatrida “Nazm va navo” kechasi o`tkazildi.

Andijon viloyati hokimligi shoh va sarkarda tavalludi kuni oldidan uning nomi bilan ataluvchi hiyobonda o`ziga xos tadbir tashkil qildi, deb yozadi "Andijonnoma" gazetasi.

O`nga yaqin Bobur siymosidagi aktyorlar uning g`azal va to`rtliklaridan namunalar o`qidilar.

Keng jamoatchilik yig`ilgan xiyobondagi fleshmobda ishtirok etgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham ushbu videorolik uchun shoir ruboiylaridan birini o`qidi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar Bobur ruboiylaridan yod aytdilar.


    Boshqa yangiliklar