AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi ko`p qavatli uylardan biri yonayotgani haqidagi xabar yolg`on bo`lib chiqdi

'Toshkent shahridagi ko`p qavatli uylardan biri yonayotgani haqidagi xabar yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bu yonayotgan uy qaerda joylashgan? Toshkent shahrida joylashgan ko`p qavatli uylardan biri yonmoqda” mazmunidagi xabar hamda unga ilova qilingan video tarqaldi.

O`zA muxbiri bu xabarga oydinlik kiritish, aslida bu voqea qaerda sodir bo`lgani va uning oqibatlarini aniqlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasiga murojaat qildi.

Olingan ma`lumotga ko`ra, Toshkent shahridagi aholi yashash xonadonlarida keyingi kunlarda yirik yong`inlar sodir bo`lmagan. Internetda videosi tarqalgan yong`in esa Andijon viloyatining Andijon shahridagi Qo`shariq dahasi 27-uyda sodir bo`lgan. Ko`p qavatli uyning yuqori qavatida joylashgan 70-xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi tufayli kuchli yong`in kelib chiqqan. Oqibatda xonadonning 20 kv\m maydoni, ko`p qavatli uy tom qismining 120 kv\m maydoni yongan.

Yong`in haqida 2018 yil 13 fevral kuni 15.56 da Andijon shahar yong`in o`chirish xizmatiga xabar kelib tushgan. Tezkor ko`rilgan chora-tadbirlar tufayli yong`in to`liq bartaraf etilgan. Muhimi, yong`in sabab insonlar jabrlanmagan.

    Boshqa yangiliklar