Joriy yil 9 fevral kuni soat 6:55 da O`zbekiston FVV favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markaziga rossiyalik hamkasblardan shoshilinch xabar keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarda Moskva viloyatining Stupino shaharchasi, Torbeevo qishlog`idagi kushxonada gaz balloni portlashi oqibatida O`zbekistonning 5 nafar fuqarosi kuyish bilan bog`liq tan jarohati olgani, keyinchalik ulardan biri shifoxonada vafot etgani bildirilgandi.
Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ishchi ishlar vazirliklari va O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi harakatlari bilan 4 nafar o`zbekistonlik Stupino shifoxonasidan Moskva shahridagi Vishnevskiy nomli xirurgiya instituti va Sklifosovskiy nomli ilmiy-tadqiqot institutiga o`tkazildi.
14 fevral kuni hodisada halok bo`lgan A.Qarshievning jasadi «O`zbekiston havo yo`llari» bortida Toshkent shahriga keltirildi va Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi qarindoshlariga dafn qilish uchun topshirildi.