1

"Paxtakor"-"Lokomotiv" uchrashuvi hakami 1 mln so`m mukofot bilan taqdirlandi

Sport 07.05.2014, 14:07
"Paxtakor"-"Lokomotiv" uchrashuvi hakami 1 mln so`m mukofot bilan taqdirlandi

3 may kuni O`zbekiston milliy chempionatining 7-turidan o`rin olgan "Paxtakor"-"Lokomotiv" uchrashuviga hakamlik qilgan Valentin Kovalenko O`zbekiston Futbol Federasiyasi, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan 1 million so`m bonus bilan taqdirlandi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mazkur mukofot Kovalenkoga uchrashuvda sifatli hakamlik ishini ko`rsatgani uchun berildi. 
"Joriy chempionatda medallar uchun da`vogar hisoblangan «Paxtakor» va «Lokomotiv» jamoalari o`rtasidagi Oliy Liga 7-tur markaziy uchrashuvida FIFA referisi Valentin Kovalenko bellashuvning keskin va shiddatli ruhiga qaramay, e`tirozga sabab bo`lmagan harakatlari malakali hakamlik faoliyati namunalaridan biri bo`ldi",-deya ta`kidlanadi sayt xabarida.  

Eslatib o`tamiz, ushbu uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlangan. 2:1 hisobida oldinda borayotgan Lokomotiv futbolchilari 90-daqiqada gol o`tkazib, g`alabani qo`ldan chiqarib yuborishgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1