1

“Manchester Siti” “Aston Villa”ni mag`lubiyatga uchratdi (VIDEO)

Sport 08.05.2014, 09:41
“Manchester Siti” “Aston Villa”ni mag`lubiyatga uchratdi (VIDEO)

Kecha Angliya premer ligasining “Manchester Siti”-“Aston Villa” o`rtasidagi qoldirilgan tur uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Ushbu uchrashuvda “Chelsi” hamda “Liverpul” muxlislari “Aston Villa” g`alabasini kutishgan edi. Ammo, ular kutgan mo`jiza ro`y bermadi. “Siti” raqib darvozasiga javobsiz 4 ta to`p kiritdi va chempionlikka yana bir qadam tashladi.

“Chelsi” chempionlik uchun kurashdan aniq chiqqan bo`lsa, “Siti” hamda “Liverpul” o`rtasidagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda. So`nggi turda “Manchester Siti” o`z maydonida “Vest Xem”ni qabul qilsa, “Liverpul” “Nyukasl” bilan bellashadi. “Liverpul” chempion bo`lishi uchun o`z raqiblarini engishlari va “Man Siti” mag`lubiyatga uchrashi kerak bo`ladi, durrang ham “Siti”ni Angliya chempioniga aylantiradi.

So`nggi turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda 11-may kuni, Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1