Yurtimizda innovasion kinoteatrlar quriladi

Hi-tech 17.02.2018, 08:07
Yurtimizda innovasion kinoteatrlar  quriladi

Sir emaski, bugungi kunda yurtimiz kinematografiyasi rivojlanishga ehtiyoj sezayotgan sohalardan biri. Shu sabab mazkur tizimni moddiy tomondan qo`llab-quvvatlash uchun O`zmilliy bank tomonidan katta miqdordagi kredit ajratilib, respublikamizning jami 52 ta kinoteatrini qurish va qayta ta`mirlash loyihasi amalga oshiriladi.

Ahamiyatlisi shundaki, ushbu komplekslar zamonaviy talablarga to`liq javob beradigan o`rtacha 70 o`rinli bir nechta kichik tomosha zali va asosiy zallardan iborat 2 qavatli loyiha asosida quriladi. Shuningdek, umumiy maydoni o`rtacha 400 kv.m ni tashkil etadigan yozgi tomoshagohlar ham barpo etilishi ko`zda tutilgan.

Misol uchun birgina Buxoro viloyatining o`zida loyiha doirasida joriy yilda 4 ta 2 qavatli kinoteatr quriladi. 2018 yilning 4-choragida ishga tushiriladigan dastur natijasida 70 ta yangi ish o`rinlari yaratiladi.

Shuningdek, “O`zbekkino” Milliy agentligi hamkorligida yurtimizning chekka hududlarida ham “Mobil kinoteatr” innovasion loyihasi amalga oshiriladi. Bu hali hammasi emas, O`zmilliy bank “O`zbekkino” Milliy agentligi va “O`zavtosanoat” AJ bilan hamkorlikda “Kinoklub” ko`chma loyihasi uchun ham kredit ajratgan. Ko`chma kinoteatr istalgan sharoitda, hech qanday qo`shimcha elektr energiyasi yordamisiz tomoshabinlarga xizmat ko`rsatish imkoniga ega bo`ladi. Buning uchun kinoekran va ovoz uskunalari maxsus engil mashinalarda o`rnatilib, aholiga tezkor ravishda madaniy hordiq ulashish xizmatini amalga oshiradi.

Eslatib o`tamiz, davlat rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida respublika mintaqalarida namunaviy kinoteatrlarni, jumladan yozgi hamda “mobil kinoteatrlar”ni qurilishi bo`yicha loyihalar taqdimoti o`tkazildi. O`zmilliybank tomonidan rejalashtirilgan ishlar “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3176-sonli qaror ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1