AsosiyJamiyat

Namanganda fuqaro topib olgan miltiqni IIBga topshirdi

'Namanganda fuqaro topib olgan miltiqni IIBga topshirdi'ning rasmi

Namangan shahrida yashovchi A. Adashboev ertalabdan o`zi ishlaydigan korxonaga kelib, tosh maydalagich uskunani yurgizishdan oldin uning soz-nosozligini ko`zdan kechira boshladi va nogahon ilg`ash qiyin bo`lgan oralig`ida turgan miltiqqa ko`zi tushdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Topilma «IJK» rusumli ov miltig`i bo`lib, yonida 7,62 millimetr kalibrli 5 dona o`qi ham bor edi. Qiziqish bilan ov qurolini avval uyiga olib ketgan A. Adashboev ma`lum vaqt o`tgach, chuqur fikr-mulohaza yuritib, nihoyat to`g`ri qarorga keldi.

U shahar ichki ishlar bo`limi boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, ov qurolini o`z ixtiyori bilan topshirdi.

— Fuqarolar tomonidan o`qotar qurol va o`q-dori vositalari noqonuniy saqlanishining oldini olish borasida izchil olib borilayotgan targ`ibot va profilaktika tadbirlari kutilgan samarani bermoqda, — deydi Namangan shahar IIB inspektori D. G`oziev. — Noqonuniy saqlanayotgan qurollarni o`z ixtiyori bilan olib kelib topshirgan shaxs tegishli tartibda javobgarlikdan ozod etilayotgani odamlarni bu borada to`g`ri yo`l tutishga undamoqda.

    Boshqa yangiliklar