Qoraqalpog`iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Nukus shahrida tumanlardagi korxona va tashkilotlarning 1000 ga yaqin bo`sh ish o`rinlari ishtirokidagi mehnat yarmarkasi o`tkazildi, deya xabar qildi Kruz.uz.
Tadbir davomida 553 fuqaroga (shundan 174 yoshlar, 71 kolledj bitiruvchilari, 76 xotin-qizlar) ishga joylashish uchun yo`llanma berildi.
254 fuqaro esa (105 yoshlar, 11 kolledj bitiruvchilari, 66 xotin-qiz) yarmarkaning o`zida ishga joylashib, mehnat shartnomalari tuzilib, bo`yruqlari bilan tanishtirildi.