AsosiyJamiyat

Termizdagi tug`ruqxonada 3 kunlik chaqaloqni pullashdi

'Termizdagi tug`ruqxonada 3 kunlik chaqaloqni pullashdi'ning rasmi

Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tug`ruq majmuasida yuz bergan bu hodisa Surxondaryo viloyatida shov-shuvlarga sabab bo`ldi. 23 yoshli onaning xatti-harakatidan ko`pchilik beixtiyor yoqa ushladi. Insonlarga guldek shirin farzandu, bir olam quvonch ato etayotgan maskanda aslida nima bo`lgan edi?

Ushbu voqeaga oydinlik kiritish maqsadida O`zA muxbiri Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog`landi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Termiz tumanida yashovchi Sh.R. opasi va otasi bilan avvaldan til biriktirib, chaqalog`ini 20 million so`mga sotishga kelishadi. "Xamir uchidan patir", deya ushbu mablag`ning 150 ming so`mini “harajat” uchun oldindan olib qo`yadi. 23 yashar ayol, opasi va otasi bilan Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tug`ruq majmuasi hovlisida kelishilgan pulning 14 million 500 ming so`mini olib, uch kunlik norasida chaqaloqni mijozga topshirmoqchi bo`lganida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlanadi.

Ona nomiga isnod keltirgan bu ayol faoliyati shu bilan yakun topmadi. O`sha kuni tug`ruq majmuasining ikki nafar shifokori ham oq xalatiga dog` tushirdi. Ular suyunchisi va chaqaloqni olib chiqib ketish uchun deb, Sh.R.ning mijozidan naqd 420 ming so`m pulni ta`magirlik yo`li bilan olayotganida qo`lga tushdi.

Ayni paytda o`z farzandini pullashga uringan Sh.R.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar