Mazkur hafta Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqich dastlabki o`yinlari bo`lib o`tdi.
UEFA muxlislar o`rtasida bo`lib o`tgan to`rtta o`yinda faol ishtirok etgan futbolchilar orasidan eng yaxshisini tanlash borasida so`rovnoma o`tkazdi.
Unda “Liverpul” a`zosi 57 foiz ovoz bilan birinchi o`rinni egallagan bo`lsa, “Real” a`zosi Marselo 29 foiz ovoz bilan ikkinchi o`ringa munosib ko`rildi. Uchinchi o`rin esa 11 foiz ovoz bilan “Shpor”lar a`zosi Kristian Eriksenga nasib etdi.
Qayd etish kerak, Mane "Portu"ga (5:0) qarshi o`yinda het-trik sohibi bo`lgan edi.