AsosiyJamiyat

Kosonsoy tumaniga hokimi tayinlandi

'Kosonsoy tumaniga hokimi tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. 2017 yildan beri hokim vazifasini bajaruvchi bo`lib ishlab kelayotgan Javlonbek Yo`ldoshev tuman hokimi etib tayinlandi.

Ma`lumot uchun, Javlonbek Yo`ldoshev oldinlari viloyatning Namangan va Pop tumanlarini boshqargan.

    Boshqa yangiliklar