1

AQShda mahbus muddatidan 90 yil avval qamoqdan chiqdi

Dunyo 10.05.2014, 09:44
AQShda mahbus muddatidan 90 yil avval qamoqdan chiqdi

Kolorado shtatida istiqomad qiluvchi Rene Lima-Marin jazo muddati tugashiga 90 yil qolganida ozodlikka chiqdi. 

U o`g`rilik qilgani uchun 98 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Ammo sud hujjatlarini rasmiylashtiruvchi sud xodimining xatosi tuyfali u atigi 8 yildan so`ng ozodlikka chiqdi.  Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

2000 yilda Lima-Marin hamtovog`i bilan videoprokat do`konlariga qurolli hujum qilgan. Qo`lga tushganidan so`ng u 98 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo, sud hukmini rasmiylashtirayotgan sud xodimi 2008 yilni jinoyatchining ozodlikka chiqish sanasi deya ko`rsatgan. Hujjatga ko`ra, Lima-Marin 2008 yil ozodlikka chiqdi, ishga joylashdi, o`zining sevgilisi bilan oila qurdi va ota bo`ldi. Ammo, sud xodimining xatosi 6 yildan so`ng oshkor bo`ldi va 2014 yilning yanvar oyida Lima-Marin qamoqqa qaytarildi.  

Qizig`i, u bilan do`konga hujum qilgan jinoyatchi ham 2008 yilda ozodlikka chiqishi mumkin edi. Ammo, uning sudga bergan apellyasiyasi ko`rib chiqilayotgan payt, sud xodimining xatosi aniqlangan.

AQSh OAVlarining xabariga ko`ra, bunday holatlar AQShda ko`p uchrab turadi. 2013 yil Kolorado shtatida mahbus muddatidan 4 yil avval ozodlikka chiqqan. Ushbu haftada esa Los-Anjelesda o`tgan yili xato tufayli ozodlikka chiqarilgan qotil qo`lga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1