1

“Evrovidenie-2014” g`olibligi Avstriyaga nasib etdi

Dunyo 11.05.2014, 09:39
“Evrovidenie-2014” g`olibligi Avstriyaga nasib etdi

Konchita Vurst taxallusi bilan mashhurl bo`lgan avstriyalik Tomas Noyvirt “Evrovidenie-2014” qo`shiq tanlovi g`olibi bo`ldi. U ovoz berish natijasida 290 ballni qo`lga kiritdi hamda raqiblarini ancha ortda qoldirdi.

Ikkinchi natijani — 238 ball bilan Niderlandiyaning The Common Linnets guruhi ko`rsatdi, uchinchi o`rin Shvesiyalik Sanna Nilsenga (218) nasib etdi.

“Evrovidenie” finalida 10 may shanba kuni Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon, Islandiya, Norvegiya, Rumniya, Armaniston, Chernogoriya, Polsha, Gresiya, Avstriya, Germaniya, Shvesiya, Fransiya, Rossiya, Italiya, Sloveniya, Finlyandiya, Ispaniya, Shveysariya, Vengriya, Malta, Daniya, Niderlandiya, San-Marino va Buyuk Britaniya vakillari ishtirok etishdi.

“Evrovidenie” qo`shiq tanlovi 1956 yildan beri har yili o`tkaziladi. Tanlovni qabul qilish huquqini so`nggi tanlovda g`olib bo`lgan mamlakat qo`lga kiritadi.

“Evrovidenie-2014” Kopengagenda 6 dan 10 mayga qadar davom etdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1