AsosiyShou-biznes

Yilning eng uzoq kutilgan filmi taqdim etildi

8 may kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida yilning eng uzoq kutilgan filmi e`tirofiga sazovor bo`lgan “Yurak yig`lar” filmining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.

Filmni suratga olishda rejissyor Akrom Shoxnazrov, operator Bekzod Po`latov, montajchilar Shahzod Po`latov, bosh rassom Xusan Po`latovlardan tashkil topgan ijodiy jamoa ishtirok etgan                                      .  

Film “Benom” guruhi yakkaxonlari Sarvar va Komilning kino sohasidagi ilk ijodiy ishi bo`ldi. Mazkur kartina uchun Sarvar va Komil hamda honanda Shahzoda saundtrek kuylashdi.

Taqdimot kuni kinosaroyning katta zali tomoshabin bilan to`ldi. Go`zal muhabbat uchburchagini talqin etgan yangi “Yurak yig`lar” filmi avvalida tomoshabinlar shu nomdagi saundtrekni katta olqishlar bilan kutib olishdi.

Filmdagi bosh qahramonlarni Sarvar va Komil, Zarina Nizomuddinova, “Diyor” guruhi hamda Bahrul Kurbonovlar ijro etishgan. Shuningdek kinokartinada ustoz san`atkorlar Jumadulla Rametov hamda Muyassar Berdiqulovalar ishtirok etgan.

 

    Boshqa yangiliklar