1

Rossiya chempioni O`zbekiston terma jamoasi a`zosiga aylandi

Sport 12.05.2014, 16:29
Rossiya chempioni O`zbekiston terma jamoasi a`zosiga aylandi

Xalqaro gimnastika federasiyasi (FIG) Ijroiya qo`mitasining Quvaytda o`tkazilgan yig`ilishida badiiy gimnastika bo`yicha uch karra Jahon Kubogi sovrindori, 2013 yilgi Butunjahon o`yinlari bronza medali sohibi, uch karra Rossiya chempioni Elizaveta Nazarenkovani O`zbekiston terma jamoasi safiga o`tishi ma`qullandi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bermoqda.

O`zbekiston Gimnastika federasiyasidan olingan ma`lumotga ko`ra, Elizavetta Nazarenkova O`zbekiston fuqoroligini qabul qilgan va mamlakatimiz terma jamoasi safida o`zining dastlabki musobaqasini joriy yilning 20-25 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladigan Jahon kubogi bahslarida o`tkazadi.

Nashrning qayd etishicha, Elizaveta Nazarenkova 1995 yilning 27 avgust kuni Rossiyaning Murmansk shahrida dunyoga kelgan. Rossiya terma jamoasiga nomzod bo`lib kelgan bu sportchi qiz uch marotaba mamlakat chempioni bo`lgan. Ko`plab xalqaro turnirlar sovrindori.  Elizaveta Nazarenkoning murabbiyi  Irina Viner Usmonovadir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1