1

Davlat organlari va byudjet tashkilotlari AKT mutaxassislari maoshiga 100 foizlik ustama qo`shiladi

Iqtisodiyot 21.02.2018, 11:04
Davlat organlari va byudjet tashkilotlari AKT mutaxassislari maoshiga 100 foizlik ustama qo`shiladi

Xabar qilinganidek, 19 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni e`lon qilindi.

Hujjatga muvofiq, davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas`ul bo`lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo`lmagan miqdorda belgilanadi.

Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirishga mas`ul bo`lgan bo`linma rahbarlari har yil yakunlari bo`yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o`z vaqtida, to`liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi.

Shuningdek, davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish uchun mas`ul bo`lgan rahbarlari va bo`linmalari xodimlari uch yilda bir marta vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestasiyadan o`tishi belgilandi.

Endilikda ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish uchun mas`ul bo`lgan rahbarlari vazirlik hamda uning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

Eslatib o`tamiz, mazkur hujjat bilan 1 iyundan, shuningdek, O`zbekistonda tadbirkorlar eksport shartnomasi tuzmasdan elektron savdo maydonchalarida oldi-sotdi qilish huquqiga ega bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1