1

ETTB delegasiyasi a`zolari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Iqtisodiyot 21.02.2018, 11:22
ETTB delegasiyasi a`zolari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida 20 fevral kuni Evropa tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi a`zolari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Tadbir Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo`yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegasiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida tashkil etildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A.Burhonov bilan uchrashuvda markaz faoliyati, O`zbekistonda ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi haqida so`z yuritildi. Mehmonlarga 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yilida amalga oshirish jarayoni haqida ma`lumot berildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, bank-moliya sohasini erkinlashtirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.

7.JPG

Natalya Xanjenkova O`zbekistondagi izchil islohotlarni, mamlakatni har tomonlama rivojlantirish loyihalarini yuqori baholadi. Prezident Shavkat Mirziyoev tanlagan jadal taraqqiyotga qaratilgan siyosat mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotganini ta`kidladi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, unda davlat ishtirokini kamaytirish orqali soha va tarmoqlarni diversifikasiya qilish, xususiy mulk himoyasini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha qabul qilinayotgan qarorlar mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi.

6.JPG

Muloqotda qonun ustuvorligini ta`minlash, fuqarolarni jamiyatda kechayotgan o`zgarish va yangilanishlarning to`laqonli ishtirokchisiga aylantirish kabi yo`nalishlardagi hamkorlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1