1

O`zbekistonda turli sinovlarni o`tkaza oladigan “Kempus” quriladi

Iqtisodiyot 21.02.2018, 11:37
O`zbekistonda turli sinovlarni o`tkaza oladigan “Kempus” quriladi

«O`zstandart» agentligi bosh direktori A. Karimovning taklifiga asosan, Turk standartlari instituti (TSE) prezidenti S. Korkmaz O`zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi.

Shu munosabat bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda «O`zstandart» agentligi va Turk standartlari instituti (TSE) bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar doirasida o`zaro hamkorlikda O`zbekistonda yangi qo`shma laboratoriyalarni ochish, «O`zstandart» agentligi xodimlarini Turkiyada o`qitishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, uchrashuvda turli sinovlarni o`tkaza oladigan «Kempus» ob`ekti qurilishi aytib o`tildi. «Kempus»da bir necha sertifikatlashtirish idoralari mavjud bo`ladi. Bu ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish va tashqi bozorga sifatli mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1