1

Maksim Shaskix: "Qosimov bilan gaplashdim va Toshkentga boraman"

Sport 14.05.2014, 08:42
Maksim Shaskix: "Qosimov bilan gaplashdim va Toshkentga boraman"

27 va 29 may kunlari O`zbekiston milliy terma jamoasining Ummon bilan ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishidan xabaringiz bor.

Rejaga ko`ra, ushbu o`yinlarning birida terma jamoada ko`p yillar davomida faoliyat olib borgan uch nafar futbolchi o`zlarining xayrlashuv uchrashuvlarini o`tkazishadi, deya yozadi Championat.Asia nashri.  

Gap Ulug`bek Baqoev, Viktor Karpenko hamda ko`p yillar davomida terma jamoa etakchisi va sardori sifatida faoliyat yuritgan Maksim Shaskix haqida bormoqda. Bu xabarni terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimov ma`lumotni rasman tasdiqladi. 

"Ha, bu mavzuda kecha Mirjalol bilan telefonda gaplashdik. Taklifni eshitish juda yoqimli bo`ldi. Hozir Vatanga borish taraddudini ko`ryapmiz. Oila a`zolarimning ham Toshkentga borishmaganiga ancha bo`lgandi. Bu kunni orziqib kutyapman. Fursatdan foydalanib, milliy terma jamoada xayrlashuv uchrashuvi tashkil etib berayotgani uchun O`FF rahbariyati va shaxsan Mirjalol Qo`shoqovichga minnatdorchilik izhor qilaman. Tez kunda Toshkentda ko`rishguncha!", - dedi Shaskix Championat.Asia nashriga. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1