O`qituvchi dars vaqtida o`quvchining telefonini olib qo`yishga haqqi bormi?

Savol-javob 22.02.2018, 12:54
O`qituvchi dars vaqtida o`quvchining telefonini olib qo`yishga haqqi bormi?

Maktabda o`qiydigan farzandimni telefonini o`qituvchisi olib qo`yibdi. Shaxsiy mulk bo`lsa, uni olishga haqqi bormi? Ushbu savolga Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida jabob berildi.

O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizomga aosan o`quv mashg`ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta`lim oluvchilar telefonini o`chirib qo`yishi hamda sumkasiga solib qo`yishi shart.

Ta`lim oluvchilarga quyidagilar qat`iyan taqiqlanadi:
- telefonini bo`yniga osib olish, ko`krak cho`ntaklarida, shim, yubkalari cho`ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
- telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta`lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
- telefoni yordamida:
- atrofdagilarga zo`ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ`ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
- ta`lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo`ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo`li bilan zarar etkazish;

O`quv mashg`ulotlari vaqtida:
- telefon orqali so`zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo`natish;
- telefonni stol ustiga qo`yish;
- musiqa tinglash;
- surat va video tasvirlarni ko`rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko`rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
- suratga olish va video tasvirga tushirish;

Telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Ta`lim muassasasida ta`lim oluvchilarga mashg`ulotlar va tadbirlar oralig`ida faqat asosli va kechiktirib bo`lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta`lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog`lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta`lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta`lim oluvchidan telefonni olib qo`yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta`lim muassasasining direktoriga yoki direktor o`rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1