Maykl Jeksonning ommaga taqdim etilmagan qo`shiqlari joy olgan "Xscape" nomli yangi albomi sotuvga chiqdi. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar bermoqda.
Ushbu albom Maykl Jeksonning o`limidan so`ng taqdim etilgan ikkinchi albomi bo`ldi. Albomdagi qo`shiqlar 80-90 yillarda yozilgan, biroq ommaga taqdim etilmagan.
Pop musiqa qiroli qora qog`oz deb hisoblagan mazkur qo`shiqlarga bugungi xonandalar havas qilsa arziydi,-deb yozadi nashr.
Ma`lum bo`lishicha, Maykl albom ustida ish olib borayotgan paytda ko`pgina qo`shiqlar yaratgan. Biroq turli sabablarga ko`ra, ular qo`shiqchining albomlariga kiritilmagan. Shuningdek, u ayrim ijro etgan qo`shiqlarni ovoz rejissyorlariga o`chirib tashlashni buyurgan. Biroq qo`shiqlar saqlab qolingan. Albom ustida mashhur prodyuserlar Timbalend hamda Rodni Jerkins ishladi.
Eslatib o`tamiz, Maykl Jekson 2009 yilning 25 iyunida 50 yoshida vafot etgan.





