1

Xitoylik o`zini kaltaklatib pul topmoqda (FOTO)

Dunyo 14.05.2014, 13:54
Xitoylik o`zini kaltaklatib pul topmoqda (FOTO)

Xitoyliklardan biri o`zini xaqiqiy boks qopiga aylantirdi. U o`zini kaltaklatib pul ishlamoqda.   

48 yoshli Se Shuiping ko`chada, barlarda va tungi klublarda qorin qismiga uch bora zarba berishni taklif qilmoqda, deb yozadi The Daily Mail nashri. Gap shundaki, Shuiping qattiq tanaga ega va u har qanday zarbani ko`tara oladi. 

Se Shuiping boks qopi sifatida faoliyatini 2004 yilda boshlagan. Avvallari u supermarketlarda odamlarga o`z boshiga vino shisha idishi bilan urishni taklif qilgan. Pul topishni u aynan shu yo`l bilan boshlagan. Se Shuipingning aytishicha, hozirda u oyiga  3 ming AQSh dollari atrofida daromad topmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1