1

Turkiyada odam boshli qo`zichoq dunyoga keldi (VIDEO)

Dunyo 14.05.2014, 15:16
Turkiyada odam boshli qo`zichoq dunyoga keldi (VIDEO)

Turkiyaning Izmir shahri yaqinidagi qishloqda g`aroyib jonzot dunyoga keldi. 

Veterinarlar mahalliy fermerning qo`yi odam qiyofasidagi qo`zichoqni dunyoga keltirganini ko`rib hayratga tushishdi.  Yangi tug`ilgan hayvonda qayqaygan burun, lab va iyak bo`lgan, deb yozadi Mirror nashri. 

Tarmoqda taqdim etilgan videoda qo`zichoq odam yuziga egaligi ko`rinib turibdi. Ma`lum bo`lishicha, qo`yning bu qo`zichoqqa bo`lgan homiladorligi qiyin kechgan va veterinarlar tug`ruqni kesercha kesish yo`li bilan amalga oshirishgan. Shifokorlar nima uchun qo`zichoq odam qiyofasida ekanligini aytib bera olishmadi. Tahminlarga ko`ra, qo`zichoqning onasiga me`yoridan ko`p miqdorda A vitamini berilgan. Nashrning qayd etishicha, qo`zichoq o`lik holatda tug`ilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1