«Muruntov» konida oltin qazib olishning beshinchi bosqichi boshlandi

Iqtisodiyot 24.02.2018, 17:05
«Muruntov» konida oltin qazib olishning beshinchi bosqichi boshlandi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Qizilqum kengliklaridagi eng yirik koni – «Muruntov»ning 570-gorizontida ilk portlatish ishlari amalga oshirildi, deb xabar berdi «O`zA».

Qizilqumni o`zlashtirish loyihasi boshlangandan buyon o`tgan 50 yil mobaynida kondan 1,5 milliard kub metrdan ziyod tog` jinslari qazib olingan. Yangi bosqichning boshlanishi nodir metall – oltin zaxirasini yanada ko`paytirishga xizmat qiladi.

«Muruntov»ning chuqurligi ayni paytda 565 metrga etdi. Kondan yiliga 38,5 million tonna ruda qazib olinmoqda. 2026 yilga borib belgilangan loyihalar amalga oshirilgach, bu ko`rsatkich 50 million tonnaga etkazilishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1