14 may kuni “Istiqlol” san`at saroyida O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayzning “Yuragimga yaqinsiz” deya nomlangan konsert dasturi boshlandi.
“O`zbeknavo” estrada birlashmasi rasmiy saytida xabar berilishicha, Alisher Fayz konsertining ilk kuni unga tashrif buyurgan estrada yulduzlarini e`tirof eta turib, ustozi O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovga ta`zim ila ehtirom etdi.

Dasturga sahnalashtirilgan raqslar, hususan Parizoda guruhi raqqosalari konsert tarovatiga o`zgacha maftunkorlik bahsho` etdi.

Shu bugun katta sahnada ilk bora Alisher Fayzning ukasi Xurshid Turdiev ham qo`shiq kuyladi.
Onalarning farzandiga allasini eshitganmiz. Otalarnichi? Alisher Fayz bugun otalarning jajji murg`ak farzandlariga bag`ishlangan qo`shiq hadya etdi... Xonanda ijrosidagi xorazmcha ohangda kuylangan qo`shiq tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otdi. Alisher Fayz o`z ijod yo`nalishiga xos bo`lmagan buxorocha Mavrigi kuylaganida tomoshabin chinakam yayradi.
Konsert yakunida Alisher Fayz "Sog`lom bola yili"ga bag`ishlab tayyorlangan qo`shig`ini ijro etdi.
Eslatib o`tamiz, konsert dasturi 18 mayga qadar davom etadi.
Suratlar "O`zbeknavo" saytidan olingan.





