1

Bangladeshda kema cho`kishi oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo`ldi

Dunyo 16.05.2014, 10:22
Bangladeshda kema cho`kishi oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo`ldi

Bangladeshlik qutqaruvchilar bortida 200 dan ortiq kishi bo`lgan kemani qutqaruv ishlarini olib borishmoqda. Kemada 100 dan ortiq yo`lovchining jasadi bo`lishi mumkin, deb yozadi Reyter axborot agentligi. 

Miraj-4 kemasi payshanba kuni Megxna daryosiga cho`kib ketdi. Hozircha 22 kishining o`limi rasman tasdiqlangan. Hukumatning xabariga ko`ra, cho`kib ketgan kemaning 40 nafar yo`lovchisi sohilga o`zlari etib borgan yana 35 kishi qutqarib olingan. 

Jasadlarni tashqariga olib chiqishni o`rniga biz kemani sohilga olib chiqishga bor e`tiborimizni qaratdik,-deydi okrug komissari o`rinbosari Mungshiganj Sayful Xasan Badal. 

Halokatga yomg`ir va kuchli shamol sabab bo`lgan bo`lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.     

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1