1

“SCORPION” trilleri o`zbek kinosida yangi davrni boshlab beradi

Madaniyat 26.02.2018, 17:06
“SCORPION” trilleri o`zbek kinosida yangi davrni boshlab beradi

Bir qator xorijlik mutaxassislarni jalb etgan yangi o`zbek filmi “SCORPION” ijodiy guruhi suratga olish ishlarini boshlash arafasida turibdi.

2018 yilning 12 fevral kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazining qo`shma qarori imzolandi. Mazkur qarorga muvofiq o`zbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan“SCORPION” to`liq metrajli badiiy film suratga olinib, uni keng namoyishi qo`llab-quvvatlanadi.

Filmning suratga olish ishlari O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O`zbekiston Milliy gvardiyasi ko`magida Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek Rossiya va Marokash davlatlarida bo`lib o`tadi.

Shu yilning 16 fevral kuni film operatori Maks Tsui (Germaniya) hamda boshqa xorijiy kinoijodkorlar suratga olish ishlarini boshlash uchun Toshkent shahriga etib kelishdi.

Maks O`zbekistonning qadimiy shahri Buxoro haqidagi “Welcome to Bukhara” video-roligiga ham operatorlik qilgan.

Ayni kunlarda film rejissyori Muxlisa Azizova ijodiy gurux bilan film loyihasi ustida qizg`in ish olib bormoqda.

Loyiha haqidagi axborotlar davomiy berib boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1