1

O`zbekiston - Ummon uchrashuvlariga chipta narxlari ma`lum qilindi

Sport 16.05.2014, 11:13
O`zbekiston - Ummon uchrashuvlariga chipta narxlari ma`lum qilindi
 O`zbekiston milliy terma jamoasi 27 va 29 may kunlari Ummon milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazadi.

Ummon milliy terma jamoasiga qarshi dastlabki o`rtoqlik uchrashuvi 27 may, seshanba kuni Olmaliqda yangi qurib bitkazilgan OKMK sport majmuasi stadionida, ikkinchisi esa 29 may, payshanba kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida o`tkaziladi.

O`FF Terma jamoalar markazidan ma`lum qilishlaricha, har ikkala o`yin ham mahalliy vaqt bilan 19:00da boshlanishi belgilangan. Har ikkala o`yin uchun chiptalar 7 ming va 10 ming so`mdan sotiladi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ummon milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlari bir qator faxriy futbolchilarning O`zbekiston milliy terma jamoasidan kuzatish o`yinlari ham bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1