1

Soxta “Oq qalpoq” bosh kiyimiga taqiq qo`yildi

Dunyo 26.02.2018, 19:13
Soxta “Oq qalpoq” bosh kiyimiga taqiq qo`yildi

Qirg`iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi oq qalpoq milliy bosh kiyimiga madaniyat ramzi maqomini berish va chet eldan bunday tovar olib kirishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga olib chiqilgan.

Madaniyat vazirligi taklifning maqsadi milliy an`analarni qo`llab-quvvatlash va qirg`iz xalqining milliy madaniyat uchun faxrlanish tuyg`usini rivojlantirish, shuningdek, qirg`iz xalqi qadriyatlarini va Qirg`izistondagi yosh avlodning ma`naviy tarbiyasini keng targ`ib qilish ekanini bildirmoqda.

«Oxirgi vaqtlarda milliy bosh kiyimga nisbatan hurmatsizlik kabi bir qator salbiy holatlar kuzatilmoqda. Xususiy tadbirkorlar qo`shni mamlakatlarda sintetik materiallardan tayyorlangan tayyor qalpoqlar olib kirishayapti. Bu chet ellik mehmonlar tomonidan haqiqiy oq qalpoqning qabul qilinishiga salbiy ta`sir o`tkazmoqda», — deyiladi asoslovchi ma`lumotnomada.

Bu idoradagilar shu munosabat bilan tayyor milliy bosh kiyim — oq qalpoqlarni boshqa davlatlardan olib kirishni taqiqlash bo`yicha ma`lum choralar ko`rish zaruriyati yuzaga kelyapti, deb hisoblamoqda.

Avvalroq parlamentda Prezident va sportchilarga chet elda oq qalpoq kiyib yurish majburiyatini yuklash taklif qilingan edi. Beshinchi mart Qirg`izistonda oq qalpoq va qirg`iz milliy kiyimlari kuni sifatida nishonlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1