1

O`zbekistonda berkitish-plombalash uskunasi ixtiro qilindi

Hi-tech 27.02.2018, 16:36
O`zbekistonda berkitish-plombalash uskunasi ixtiro qilindi

“Eldas” mas`uliyati cheklangan jamiyatining ilmiy xodimi Durbek Yakubov avtofurgonlar, temir yo`l sisternalari, omborxonalar eshiklarini qulflash va bir paytning o`zida plombalash imkonini beruvchi berkitish-plombalash uskunasini ixtiro qildi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Mazkur uskunaning konstruksiyasi o`ta pishiq hamda mukammal texnik echimga egaligi, shuningdek, zamonaviy xavfsizlikni ta`minlash talablariga to`liq javob berishi bilan turdoshlaridan tubdan farq qiladi.

Yangi qurilmaning afzalligi shundaki, u ochishga bardoshliligi, ya`ni ishonchlilik darajasi yuqoriligi bilan o`ziga xosdir. Uni qulflashda ko`p kuch sarfi ham talab qilinmaydi.

Uni sanoat ishlab chiqarishning barcha sohalari hamda boshqa tarmoqlarda qo`llash imkoniyati mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1