"O`zagroeksport" dehqon va fermerlardan sotib olinadigan gilos uchun narx belgiladi

Iqtisodiyot 27.02.2018, 18:43
"O`zagroeksport" dehqon va fermerlardan sotib olinadigan gilos uchun narx belgiladi

Dehqon, fermer va tomorqa xo`jaliklaridan sotib olinadigan gilos mevasi uchun narx belgilandi. Bu haqda "O`zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, meva-sabzavot mahsulotlarini kelajakda qayta ishlash va uning eksportini oshirishdagi dolzarb masalalar bo`yicha kompaniya tomonidan o`tkazilgan davra suhbatida eksportga yo`naltirilmagan gilosni qayta ishlash uchun yuborish dolzarb ekanligi ta`kidlandi.

"Jumladan, ichki bozorda ham o`z xaridorini topa olmaydigan gilos mevasini endilikda "O`zbekoziqovqatxolding" tarkibidagi "O`zagroeksport" AJ dehqon, fermer va tomorqa xo`jaliklaridan fyuchers (oldindan pul o`tkazish) shartnomalari asosida xarid qilib oladi", deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 2018 yil gilosni qayta ishlash uchun 1 kilogrammiga 3 ming so`m narx belgilash maqsadga muvofiq deb topildi.

Xarid masalalari bo`yicha www.oziq-ovqat.uz sayti yoki marketing@uzagroexport.uz elektron manziliga murojaat qilish mumkinligi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1