1

O`zbekiston-Ukraina savdo-iqtisodiy hamkorligiga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qilindi

Iqtisodiyot 02.03.2018, 11:55
O`zbekiston-Ukraina savdo-iqtisodiy hamkorligiga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qilindi

Joriy yilning 27 fevral kuni Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida O`zbekiston va Ukraina o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan konsultasiya o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi savdo vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.

Tashqi savdo vazirining o`rinbosari Sohib Saifnazarov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasini Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining o`rinbosari Natalya Mikolska qabul qildi.

Tomonlar konsultasiya davomida ikki yoqlama savdo hajmini tubdan oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar shunigdek, O`zbekiston-Ukraina savdo-iqtisodiy hamkorligiga qaratilgan boshqa muhim masalalarni muhokama qildi.

Konsultasiya so`ngida tomonlar mintaqalararo hamkorlik mexanizmini yo`lga qo`yish, joriy yilning uchinchi choragida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha navbatdagi O`zbekiston-Ukraina Hukumatlararo komissiyasi yig`ilishini, shuningdek, Toshkent shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi biznes-forumlarni o`tkazishga kelishib oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1