Facebook ijtimoiy tarmog`idan foydalanuchilar soni O`zbekistonda 300 mingga etdi, deya xabar beradi Ilike.uz nashri. Yil boshida ularning soni 280 ming kishini tashkil qilgan edi.
Shundan 196 000 nafari erkaklar bo`lsa, 104 000 foydalanuvchi ayollardir. Hozirda ijtimoiy tarmoq auditoriyasi yurtimizda 18 dan 24 yoshgacha bo`lgan yoshlarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Facebook 2004 yilda ishga tushirilgan bo`lib, unga kuniga 1 milliard kishi tashrif buyuradi.