1

«Romantik mart» keksi

SUG'DIYONA 06.03.2018, 12:18
«Romantik mart» keksi

Shirinlikxo`r xonimlar uchun!

Zarur masalliqlar: 200 gr. un, 150 grammdan sariyog` va shakar, 30 gr. mak, 3 dona tuxum, 3 osh qoshiq sut, 1 choy qoshiqdan xamiryumshatgich va vanilinli shakar, 2 ta limon qirindisi; ustiga sepishga: 100 ml. limon sharbati, 100 gr. shakar.

Tayyorlanishi: 1. Sariyog`ni shakar va vanilinli shakar bilan birga mikser yordamida ko`pirtiring.

2. Tuxumni donalab qo`shib ko`pirtirishda davom eting.

3. Limon qirindisini sut bilan alohida idishda aralashtirib, sariyog`li masalliqqa qo`shamiz.

4. Endi un, xamiryumshatgich va makni alohida aralashtirib solamiz.

5. Xamirni mikser yordamida yaxshilab aralashtirgach, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo`ying.

6. Limon sharbatiga shakarni solib, olovga qo`ying. Aralashtirib turgan holda shakar eriguncha qaynating.

7. Keks ustiga limonli aralashmadan quyib, maydalangan yong`oq mag`zidan seping.

1 soatu 25 daqiqa

7 kishilik

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1