1

Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan aviatashuvchi topildi

Dunyo 06.03.2018, 15:52
Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan aviatashuvchi topildi

Avstraliyaning shimoliy sharqiy qirg`oqlarida AQShlik milliarder Microsoft ta`sischilaridan biri Pol Allenning ekspedisiyasi Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan Lexington aviatashuvchisiga duch keldi. Bu haqda Allenning matbuot xizmati uning shaxsiy saytida ma`lum qilgan.

Kema Korall dengizining tubida, 3 km. chuqurlikda, Avstraliya qirg`oqlaridan 800 km. uzoqlikda topilgan. Ekspedisiya rahbari Robert Kraftning so`zlariga qaraganda, Lexington Ikkinchi jahon urushi davrida suv ostiga cho`kkan bo`lib, olti oy oldin uni topish rejalashtirilgandi.

AQShning National Geographic jurnali ma`lumotlariga qaraganda dastlab kreyser kemasi sifatida ishlashi rejalashtirilgan Lexington 1925 yili suvga tushirilgan. U 1942 yil 4 may kuni 3 ta yapon avitashuvchilariga qarshi Korall dengizida jangga kirgan edi. 8 may kuni esa kema bir nechta bombalar zarbidan keyin cho`kib ketgan.

National Geographicning yozishicha, Allen – ikkinchi jahon urushi qatnashchisining farzandi bo`lib, u tomonidan moliyalashtiriladigan ekspedisiya 2015-2017 yillarda bir nechta Amerika kemalari bo`laklari, shuningdek, yapon imperatori flotining linkori va italiyanlarning kreyserini topgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1