1

Stoltenberg: NATO rasmiylarning iltimosiga ko`ra Iroqda qoladi

Dunyo 06.03.2018, 15:54
Stoltenberg: NATO rasmiylarning iltimosiga ko`ra Iroqda qoladi

NATO Iroqda rasmiy Bag`dodning so`roviga binoan qoladi va mamlakat harbiy kuchlariga ko`mak berib boradi.

Al Sumaria telekanalining xabar berishicha, bu haqda shimoliy alyansning bosh kotibi Yens Stoltenberg arab mamlakatlari bo`ylab safari davomida ma`lum qilgan.

Bosh kotib Iroq parlamentining “Islom davlati” terrorchi guruhi to`liq engilganidan keyin xorijiy harbiylarning mamlakat hududida faoliyat olib borishiga aniq muddat belgilash talabidan bir necha kun o`tib bayonot berdi.

— Iroqning xohishiga binoan biz bu erdamiz, – dedi Stoltenberg. —Bizga bosh vazir Haydar al-Abadi bu haqda yozma murojaat qildi. Uning ta`kidlashicha, NATO respublikada “juda uzoq qolmaydi” va terror guruhlarini qayta jonlanishini oldini olish maqsadida Iroq qurolli kuchlarini tayyorlashda davom etadi.

Stoltenbergning aniqlik kiritishicha, qo`llab quvvatlash loyihalarida ishtirok etayotgan NATO mamlakatlari mahalliy harbiylarni minalardan tozalash va harbiy-dala xirurgiyasi yo`nalishida qayta tayyorgarlikdan o`tkazishga e`tibor qaratadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1