1

“O`tgan kunlar” qo`lyozmasi nima uchun yoqib yuborilgan?

Madaniyat 06.03.2018, 17:55
“O`tgan kunlar” qo`lyozmasi nima uchun yoqib yuborilgan?

Abdulla Qodiriy — o`zbek mumtoz romanchiligiga asos solgan atoqli yozuvchi. Uning ayniqsa, “O`tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari bir qancha tillarga tarjima qilingan.

Xususan, o`tgan asrning o`ttizinchi yillarida “O`tkan kunlar”ni Sadriddin Ayniy tavsiyasi bilan tojikistonlik ijodkor Abdusalom Dehotiy ham qancha mashaqqatu iztiroblar bilan o`z tiliga o`girgan. Sababi, bu davrda asar muallifi “xalq dushmani”ga chiqarilib, aybsiz qoralangan.
1937 yilning dolg`ali kunlarida tarjimon do`sti bilan telefon orqali gaplashib, mudxish xabar eshitadi. Ma`lum bo`lishicha, “O`tkan kunlar”ni uyida saqlaganni ham so`roqqa tutishib, jazolashayotgan ekan. Shu bois, tarjimonning xavotiri ortib, halovati yo`qoladi. Qo`lyozmani yashirgan joyidan olib, yoqib yuboradi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.

Roman keyinchalik Istad Qosimzoda tomonidan tojikchalashtirilgan. 2002 yili Abdulla Qodiriyning 110 yilligi munosabati bilan Dushanbening “Irfon” nashriyoti asarni chop etdi. E`tiborlisi, mazkur kitobning qayta nashri 2016 yili Toshkentda “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan “Ro`zgori mozi” nomi bilan o`quvchilar qo`liga etib bordi.

Bu tojik kitobxonlari uchun o`zbek xalqining azaliy urf-odatlari, qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1