AsosiySiyosat

Markaziy Osiyo – Yaponiya birinchi sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi

Tokioda oʻtadigan uchrashuv 19–20 dekabr kunlariga belgilandi

'Markaziy Osiyo – Yaponiya birinchi sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida joriy yilning 19–20 dekabr kunlari Markaziy Osiyo – Yaponiya birinchi sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda "Nippon" nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yaponiya Bosh vaziri Sanaye Takaichi sammit oldidan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni ham ko‘rib chiqmoqda. Reja Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti Taro Aso tomonidan parlamentdagi yig‘ilishda e’lon qilingan.

Sammitda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi. Tokio ushbu uchrashuv orqali mintaqa bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashni, shuningdek, global kuchlar ta’sirini muvozanatlashni maqsad qilgan.

Yaponiyada 2024 yil avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammit mega zilzila havfi sababli bekor qilingani eslatib o‘tildi. Bu safar esa tashrif buyuruvchi delegatsiyalar uchun protokol va havfsizlik tayyorgarliklari boshlangan.

Sammit davomida mintaqaviy havfsizlik, savdo va investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi kutilmqda. Tokio bu tadbirni Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish sari muhim qadam sifatida baholamoqda.

    Boshqa yangiliklar