1

«Sport» teleradiokanali JCh-2014 o`yinlarini namoyish etadimi?

Sport 22.05.2014, 15:59
«Sport» teleradiokanali JCh-2014 o`yinlarini namoyish etadimi?

12 iyun kuni Braziliyada futbol bo`yicha jahon chempionati start oladi. Hozircha O`zbekiston Sport telekanali ushbu musobaqani translasiya qilish yoki qilmasligi noma`lum. 

Uff.uz saytining ma`lumotiga ko`ra, bu borada muzokaralar olib borilmoqda. "O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasidagi norasmiy manbalarning ta`kidlashicha, o`zbekistonlik futbol muxlislari Jahon chempionati o`yinlarini nasib etsa, albatta tomosha qiladi. Bu masala Milliy teleradiokompaniyada bo`lib o`tgan majlisda muhokama qilindi hamda ijobiy yakun topishga yaqin", - deyiladi xabarda. 

Shuningdek xabarda ta`kidlanishicha, agar JCh o`yinlari translyasiyasi xarid qilinadigan bo`lsa, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Sport telekanali orqali mundial o`yinlari o`zbekcha sharhda efirga uzatiladi. UzHD kanali orqali esa Rossiyaning Sport 1 HD kanalida namoyish etiladigan o`yinlar ruscha sharhda beriladi. 

Yurtimizda kabel televideniesi orqali efirga uzatilayotgan, Braziliyadagi JCh o`yinlarini translyasiya qiladigan Rossiyaning VGTRK kanallari ("Rossiya", "Rossiya 2", "Sport 1", "Sport 1 HD" )  mundial payti vaqtincha o`chirib qo`yiladi.

Nashrning qayd etishicha, yuqoridagi ma`lumotlar hali rasman tasdiqlangani yo`q. 

Shanba kuni tunda bo`lib o`tadigan Evropa chempionlar ligasi final uchrashuvi translasiya qilinish yoki qilinmasligi ham so`roq ostida turibdi. Sababi Atletiko-Real uchrashuvi ushbu hafta uchun taqdim etilgan teledasturga kiritilmagan. Biroq Championat.Asia saytining xabar berishicha, EChL final uchrashuvi to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1