AsosiyIqtisodiyot

Davlat soliq qo`mitasi raisi Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashdi

'Davlat soliq qo`mitasi raisi Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashdi'ning rasmi

2018 yil 7 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi raisi Botir Parpievning Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda qo`mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda soliq ma`muriyatchiligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, Xalqaro valyuta fondi tomonidan O`zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini har yili baholab borish masalalari atroflicha muhokama etilgan.

Shuningdek, byudjet tizimiga qo`shimcha tushumlarning kelib tushishini ta`minlash maqsadida soliq organlarini modernizasiya qilish masalalari ko`rib chiqildi. Soliq to`lovchilar bilan o`zaro munosabatda bo`lish, ko`rsatilayotgan elektron xizmatlar tarkibini yanada kengaytirish hisobiga soliq organlari shaffofligini oshirish zarurligi ta`kidlab o`tilgan.

Shu bilan birga jarayonlarni avtomatlashtirish darajasini ko`tarish hamda axborotni qayta ishlash va tayyorlashning alohida tartibotlari bo`yicha maxsus bo`linmalarni ajratish hisobiga (davlat soliq inspeksiyasining oddiy xodimlarining) funksional vazifalarning murakkabligini optimallashtirish va kamaytirish muhim ekanligi aytildi. Tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashishni yuqori darajada qisqartirish, soliq yukini pasaytirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ushbu yo`nalishda qabul qilingan qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda respublika soliq ma`muriyatchiligini zamonaviy asosda yangi bosqichga ko`tarish bo`yicha eng muhim yo`nalishlar belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar