AsosiyIqtisodiyot

Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi

'Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Xujjat bilan Limon etishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi.

Tashkilotlar, fermer xo`jaliklari va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a`zo bo`lishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga ega.

Uyushmaning asosiy vazifalaridan biri respublikada limon ko`chatlarini etishtirish va limon etishtiruvchi issiqxona xo`jaliklarini tashkil etishni kompleks rivojlantirish bo`yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investision va eksport siyosati amalga oshirilishiga ko`maklashish hisoblanadi.

Qaror bilan shuningdek respublikada limon hosili etishtirishning umumiy prognoz ko`rsatkichlari tasdiqlandi.

Xususan, 2018–2021 yillarda jami 2 240 gektar erda limonzor tashkil etilib, undan 2025 yilga kelib 63 300 tonnadan ziyod hosil olish rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar