1

O`zbekiston mahsulotlari Tojikistonda namoyish etilmoqda

Iqtisodiyot 10.03.2018, 10:59
O`zbekiston mahsulotlari Tojikistonda namoyish etilmoqda

Dushanbe shahrida mamlakatimiz sanoat korxonalari milliy ko`rgazma-yarmarkasi ochildi.

Ko`rgazma ikki qismda tashkil etilgan. 1500 metr kvadrat yopiq manejda “O`zeltexsanoat”, “O`zkimyosanoat”, “O`zto`qimachiliksanoat”, “O`zbekipaksanoat”, “O`zbekcharmpoyabzali”, “O`zbekneftegaz”, “O`zfarmsanoat”, “O`zqurilishmateriallari”, “O`zbekoziqovqatxolding”, O`zsharobsanoat”, “O`zmetkombinat” kabi yirik kompaniya va assosiasiyalar mahsulotlari namoyish etilmoqda.

500 metr kvadrat ochiq maydonda avtomobillar, qishloq xo`jaligi texnikalari, yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa mahsulotlar ko`rgazmaga qo`yilgan.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Tojikiston Prezidentida katta taassurot qoldirdi. Ularning sifati va narxi barchaga ma`qul bo`lishini ta`kidladi. Ko`rgazma-yarmarkani yana ko`proq vaqt davom ettirish, O`zbekiston mahsulotlarini sotish va hamkorlikda ishlab chiqarish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1