AsosiyDunyo

Hali-hanuz “otdan tushmagan” Chak Norris 78 yoshda (Foto)

'Hali-hanuz “otdan tushmagan” Chak Norris 78 yoshda (Foto)'ning rasmi

Bugun afsonaviy “ajdarho” Bryus Lining tom ma`nodagi shogirdi, karate bo`yicha sport ustasi, jangari filmlar aktyori Chak Norris tavallud ayyomini nishonlamoqda, deya yozmoqda 24smi.org nashri.


1940 yili 10 martda tug`ilgan bo`lg`usi aktyorning bolaligi qiyinchiligu mashaqqatlarda o`tadi. Ehtimolki, aynan mana shu sabab ham Chak o`z irodasini toblashga, qiyinchiliklarni mardonavor engib o`tish uchun jangovar san`at bilan shug`ullanishga qaror qiladi. Ommaviy namoyishlarda yigitchaning iqtidorini ko`rgan kinoprodyuserlar uni ilk bor “Vayronkorlar jamoasi” filmiga taklif etishadi.

Shundan keyin Chak Norrisni AQShda yashab, ijod etayotgan Bryus Li “Ajdarho yo`li” nomli filmida bosh qahramonlardan birini ijro etishga undaydi (to`g`ri, ushbu filmda Chak Norris Bryus Lining raqibi rolini ijro etgan bo`lsa-da, bu uning keyingi kinofaoliyatiga ijobiy ta`sir etgan).

Shundan keyin aktyor birin-ketin 20-asr oxirlarida mashhur bo`lgan bir qator filmlarda turfa rollarni ijro etadi.

2010 yili yana bir 20-asr yulduzlaridan biri Silvestr Stallone o`zi suratga tushayotgan “Shiddatkorlar”ning 2-qismiga Chakni taklif etadi.

O`sha yili 70 yoshni qarshilagan Chak Norris bira to`la ushbu film orqali hali-veri “otdan tushmasligini” isbotlab qo`ydi.

Boshqa yangiliklar