1

Hindistonda poezdlar to`qnashuvi oqibatida 40 kishi halok bo`ldi

Dunyo 26.05.2014, 16:28
Hindistonda poezdlar to`qnashuvi oqibatida 40 kishi halok bo`ldi

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida yo`lovchi poezd tovar poezdi bilan to`qnashib ketdi. Buning oqibatida 40 kishi halok bo`ldi, bu haqda Firstpost nashri xabar bermoqda. 

Hindiston temiryo`l raisi Amrendr Saingerning so`zlariga ko`ra, 100 ga yaqin kishi jarohatlangan. To`qnashuvdan so`ng yo`lovchi poezdining 6 ta vagoni relsdan chiqib ketgan.  
Polisiya ushbu halokat joyiga yaqin bo`lgan stansiya boshlig`iga qidiruv e`lon qildi.  Ma`lum bo`lishicha, u halokat haqidagi xabarni eshitib, qochib ketgan. 

Bu Hindistondagi bir oy ichidagi uchinchi temir yo`l halokatidir. May boshida Uttar-Pradeshda poezd engil avtomobil bilan to`qnashish oqibatida 19 kishi halok bo`lgan. May o`rtalarida Mumbayda poezdning relsdan chiqib ketishi 10 kishiga tan jarohat etkazgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1